22 avgustdan 7 sentyabrgacha Tailandning 4 ta shahri — Bangkok, Nakhratchasim, Chiamay va Puketda voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Murosasiz kechgan finalda Italiya Turkiya ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi — 25:23, 13:25, 26:24, 19:25, 15:8.
3-oʻrin uchun kechgan bahsda esa Braziliya Yaponiyani 5 partiyadan iborat oʻyinda 3:2 hisobida magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi — 25:11, 25:17, 19:25, 27:29, 18:16.
Avvalgi jahon chempioni Serbiya 1/8 finalda Niderlandiyaga imkoniyatni boy berib qoʻydi.