O'zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova (jahon reytingida 92-o'rin) ham AQSh ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Uchinchi davrada jahonning birinchi raqamli raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib borgan Rahimova 3:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq yana bir o'zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva reytingda 20-oʻrinni egallab turgan belgiyalik Eliza Mertensga yutqazib qo'ygani ma'lum qilingandi. Ikki set davom etgan bahsda Mertens 6:2, 7:6 hisoblarida gʻalaba qozondi.