Bugun
23
O'zbek

Uoker qiziga noodatiy ism qo‘ydi

Futbol
17 avgust, 00:15
Qizaloqqa Royal Wish ismi berildi.
Uoker qiziga noodatiy ism qo‘ydi
Foto: Getty Images

«Byornli» himoyachisi Kayl Uoker va uning rafiqasi Enni Kilner farzandlariga «R» harfidан boshlanadigan ism qo‘yish an’anasini saqlab qolishdi.

To'rt o'g'il Roman, Riyan, Reyn va Rizandан so'ng iyun oyida juftlikning qizi dunyoga kelgandi. Endi ular chaqaloqning ismini ma’lum qilishdi.

Qizaloqqa Royal Wish ismi berildi. Buni «qirollik istagi» deb tarjima qilish mumkin. Qizaloqni endi oilasi «Wish» deb atamoqda.

«Wishning ismi juda yoqimli, uning ota-onasi undan juda xursand. Bu mukammal ism va ular bundan yaxshirog‘ini orzu ham qila olishmasdi. Endi oila to‘liq tarkibga kelgandek», — dedi Kayl va Enniga yaqin manba.

Ma’lumot o‘rnida, Kilner Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi bilan bir necha bor ajrashib ketgan. Bunga Uokerning ko‘plab xiyonatlari, jumladan, uning maxfiy munosabatda bo‘lgan Lorraine Gudman bilan ikki nafar farzandli bo‘lgani ham sabab bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bernli Bernli
Bugungi yangiliklar