Superliga 12-turidan o'rin olgan «So'g'diyona» - «Xorazm» (2:0) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Uzoq pauzadan so'ng yana chempionatga qaytdik. Biz negadir uchrashuvni ruhan tushkunlik bilan boshladik, buning sababini bilmayman. «Xorazm» jamoasi to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldi.
Biz asosan tezkor harakatlar evaziga birinchi taymda gol urdik, keyin ikkinchi bo'limda ham to'p kiritdik. Bu bizning nolga o'ynagan birinchi o'yinimiz bo'ldi, buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Hamma g'alaba bilan tabriklayman», — Baqoyevning so'zlaridan keltiradi «So'g'diyona» matbuot xizmati.