Bugun
47
O'zbek

UFC 334. Gan Hokitni mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qildi

MMA
15 noyabr, 01:05
    7
Nyu-Yorkda UFC 334 turniri bo‘lib o‘tdi.
UFC 334. Gan Hokitni mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qildi
Foto: Getty Images

Bugun, 15-noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida UFC 334 turniri bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangida og‘ir vazn toifasi chempioni Siril Gan Josh Hokitni besh raund yakunida hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etdi — 48:47. Turnirda yana bir qator janglar ham bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi asosiy jangda Kayla Harrison Amanda Nunesni 4-raundda bo‘g‘ish usuli bilan yengib, ayollar o‘rtasidagi eng yengil vazn chempionlik kamarini himoya qildi.

Shuningdek, Kayyo Borrallyo Yusri Belgaruini, Luis Gurule esa Bilol Hasanni hakamlar qarori bilan mag‘lub etdi. Urosh Medich va Kevin Holland jangi durang bilan yakunlandi.

Qolaversa, Stiven Tompson Charlz Radtkega 3-raundda texnik nokaut bilan yutqazdi. Kris Dankan Dryu Doberdan hakamlar qarori bilan ustun kelgan bo‘lsa, Terrens Makkinni Jim Millerni 1-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar