Live
6
O'zbek

UEFA prezidenti Yevropa chempionati saralash formatini o'zgartirishga ruxsat berdi

Futbol
13 oktabr, 00:28
Tashkilot vakillari oʻzgarishlarning tafsilotlari haqida hozircha izoh bergani yoʻq.
UEFA prezidenti Yevropa chempionati saralash formatini o'zgartirishga ruxsat berdi
FOTO: Getty Images

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa chempionati saralash tizimini takomillashtirish zarurligini aytdi.

«Ehtimol, saralash o‘yinlari boshqacha formatda o‘tkaziladi. Uchrashuvlar soni oshmaydi, lekin turnir shakli yanada qiziqarli bo‘ladi. Hozir biz aynan shu masalani muhokama qilyapmiz», — dedi Cheferin.

Manbaga ko‘ra, UEFA yangi formatni ishlab chiqishda o‘zining boshqa musobaqalarida — Millatlar ligasi yoki Chempionlar ligasida qo‘llanilayotgan saralash tizimlaridan ilhomlanishi mumkin.

Shuningdek, UEFA vakillari formatdagi o‘zgarishlarning tafsilotlari haqida hozircha izoh berishdan bosh tortganini ta’kidlab o‘tgan.

Bugungi yangiliklar