Bugun
41
O'zbek

Turkiya Superligasi. Shomurodov va Fayzullayev gol urgan bahsda "Bashakshehir" yirik hisobda gʻalaba qozondi

Futbol
9 may, 15:01
Istanbul klubi 6-oʻrinda bormoqda.
Turkiya Superligasi. Shomurodov va Fayzullayev gol urgan bahsda "Bashakshehir" yirik hisobda gʻalaba qozondi
Фото: Getty Images
09.05.2026 FT Turkiya Superligasi Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar 3 : 0 Samsunspor Samsunspor

Turkiya chempionatining 33-turida "Bashakshehir" oʻz maydonida "Samsunspor"ni qabul qildi.

Bellashuv 3:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakuniga yetdi. Eʼtiborli jihati shundaki, dastlab Eldor Shomurodov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 78-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Abbosbek Fayzullayev gol urdi.

Shomurodov oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Fayzullayev esa 70-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi.

Bu gʻalabadan soʻng Istanbul klubi ochkolari sonini 54 taga yetkazib, 6-oʻringa bormoqda. "Samsunspor" esa 48 ochko bilan 7-pogʻonada.

Turkiya Superligasi. 33-tur
Bashakshehir – Samsunspor 3:0
Gollar: Shomurodov 6 penalti, Sari 43, Fayzullayev 78
Bashakshehir – Muhammad, Omer Ali, Duarte, Opoku, Kazimjon, Krespo, Kemen, Yusuf, Harit (FAYZULLAYEV, 70), Bertug (Zelke, 24), SHOMURODOV.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Samsunspor Samsunspor
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar