Live
1
O'zbek

Turkiya Superligasi. «Bashakşehir» «Trabzonspor» bilan bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Futbol
19 aprel, 15:00
Shomurodov 75 daqiqa o'ynadi, Fayzullayev zaxiradan tushirildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Turkiya Superligasi. «Bashakşehir» «Trabzonspor» bilan bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)
Foto: Basaksehir
19.04.2026 FT Turkiya Superligasi Trabzonspor Trabzonspor 1 : 1 Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar

Turkiya chempionatining 30-turida «Bashakşehir» safarda «Trabzonspor»ga 90+3-daqiqada gol urib, durangga erishdi.

Istanbul klubi safida O'zbekiston milliy jamoasi a'zosi Eldor Shomurodov 75 daqiqa harakat qildi, Abbos Fayzullayev esa 81-daqiqada zaxiradan tushirildi.

Liga yakuniga 4 ta tur qolganda «Trabzonspor» ochkolarini 65 taga yetkazib, 3-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam «Galatasaray» hisobida 71 ochko bor. «Bashakşehir» esa 48 ochko bilan 5-pog'onaga joylashgan.

Turkiya Superligasi. 30-tur
Trabzonspor — Bashakşehir 1:1
19 aprel, «Park Papara»
Gollar: Felipe Augusto (73) — Zelke (90+3).
Trabzonspor — Onana, Pina, Nwaivu, Savich, Eskixellach, Oulai (Bushari, 89), To'fon, Zubkov (Yokushlu, 82), Felipe Augusto, Nwakaeme (Lovik, 69), Onuachu.
Bashakşehir — Shengazer, Bulut, Duarte, Opoku, Karatash, Kemen, Gunes (Ergun, 75), Sari (Fayzullayev, 81), Brnich (Harit, 67), Shomurodov (Da Costa, 75), Yildirim (Zelke, 75).
Ogohlantirishlar: Opoku (66), Fayzullayev (87).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar