Bugun
41
O'zbek

Turkiya Superligasi. "Bashakshehir" mavsumni 5-o'rinda, Shomurodov 22 ta gol bilan yakunladi (videosharh)

Futbol
16 may, 15:00
So'nggi turda Shomurodov gol, Fayzullayev assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Turkiya Superligasi. "Bashakshehir" mavsumni 5-o'rinda, Shomurodov 22 ta gol bilan yakunladi (videosharh)
Foto: Basaksehir
16.05.2026 FT Turkiya Superligasi Gaziantep FK Gaziantep FK 1 : 2 Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar

Turkiya chempionatining so'nggi turida "Bashakshehir" safarda "Gaziantep" ustidan g'alaba qozondi va ochkolarini 57 taga yetkazib, mavsumni 5-o'rinda yakunladi.

Istanbul jamoasi safida ikki nafar o'zbekistonlik — Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Abbos assistni, Eldor golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

E'tiborli joyi, Shomurodov mavsumda 22 ta gol urdi va to'purarlik ro'yxatidagi peshqadam Onuachuga tenglashdi. Ammo "Trabzonspor"ning nigeriyalik hujumchisi so'nggi turni endi — 17 may kuni "Genchlerbirliği"ga qarshi o'tkazadi.

Turkiya Superligasi. 34-tur
Gaziantep — Bashakshehir 1:2
16 may, "Gaziantep Stadyumu"
Gollar: Luongoi (59) — Zelke (6), Shomurodov (22, penalti).
Gaziantep — Bozan, Sangare, Abena, Mujakich (Kabasakal, 86), Soresku, Gidado (Ozchichek, 80), Luongoi (Kalin, 80), Rodriguez, Maksim, Kozlovski, Bayo.
Bashakshehir — Shengazer, Shahiner (Bulut, 81), Ba, Opoku, Karatash, Fayzullayev (Gureler, 81), Kemen, Krespo (Ergun, 60), Harit (Brnich, 60), Zelke (da Koshta, 26), Shomurodov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gaziantep FK Gaziantep FK
  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar