Live
2
O'zbek

Tsarukyan Topuriya – Geyji jangida zaxira varianti bo‘lmaydi

MMA
1 iyun, 03:15
Arman UFC Freedom 250 turniridagi asosiy jangda zaxira varianti bo‘lishdan bosh tortdi.
Tsarukyan Topuriya – Geyji jangida zaxira varianti bo‘lmaydi
Foto: Getty Images

Arman Tsarukyan UFC Freedom 250 turnirida Iliya Topuriya va Jastin Geyji o‘rtasidagi jangda zaxira varianti bo‘lishdan bosh tortdi.

«Mening jadvalim sentabr oygacha to‘ldirilgan. Yaqin orada bu haqida rasmiy e’lon qilinadi, 13 iyun kuni menda kurash bo‘yicha jang bor.

To‘g‘ri, men zaxiradagi jangchiman. Lekin hozircha ularda hammasi yaxshi ketyapti va turnirga ikki hafta qoldi. Shuning uchun, ular har qanakasiga jang qiladi. Men esa o‘z vaqtimni kutaman.

Hozir vazn tashlash bilan shug‘ullanmoqchi emasman, men RAF turnirida ishtirok etaman», – dedi Tsarukyan.

Ma’lumot o‘rnida, Topuriya va Geyji 15 iyun kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnirda o‘zaro jang qiladi. Ikkinchi asosiy jangda esa og‘ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Aleks Pereyra va Siril Gan o‘zaro to‘qnash keladi.

Bugungi yangiliklar