Bugun
23
O'zbek

«Traktor» Odil Hamrobekovni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
15 iyul, 00:12
«Bunyodkor» futbolchisi Eron klubiga o'tishi mumkin.
«Traktor» Odil Hamrobekovni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Photo: UFA

O'zbekiston milliy jamoasi va «Bunyodkor» klubi futbolchisi Odil Hamrobekov faoliyatini legioner sifatida davom ettirishi mumkin.

Namanganlik 29 yoshli yarimhimoyachining xizmatlariga Eronning «Traktor» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Eronning bir nechta nashri xabar bermoqda.

O'tgan mavsum Eron chempionligini qo'lga kiritgan klubning murabbiylar shtabida asosan ispaniyalik mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Xorvatiyalik Dragan Skosich jamoani 2024 yildan beri boshqarib keladi.

Hamrobekov faoliyati davomida «Nasaf», «Paxtakor», «Navbahor» va «Bunyodkor» jamolarida to'p surgan. Futbolchi mavsumning birinchi qismini «qaldirg'ochlar» bilan o'tkazdi va 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Avvalroq BAA klubi Abdulla Abdullayev transferini rasman e'lon qilgan edi.

Bugungi yangiliklar