Bugun
23
O'zbek

Rasman: «Dibba Al Fujayra» Abdulla Abdullayev transferini e'lon qildi

Futbol
14 iyul, 23:24
O'zbek futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettiradi.
Rasman:  «Dibba Al Fujayra» Abdulla Abdullayev transferini e'lon qildi
Photo: UFA

O'zbekiston milliy jamoasi va «Paxtakor» futbolchisi Abdulla Abdullayev faoliyatini legioner sifatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Bir necha kun avval «sherlar» lagerini tark etgan Abdullayev Birlashgan Arab Amirliklarining «Dibba Al Fujayra» klubi bilan shartnoma imzoladi. «Dibba» matbuoti o'zbek himoyachisining transferini rasman e'lon qildi.

O'zbekistonlik 28 yoshli himoyachi mavsumning birinchi yarmida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 marta hakam tomonidan ogohlantirildi.

Bugungi yangiliklar