Bugun
23
O'zbek

«Traktor» Odil Hamrobekov transferini e'lon qildi

Futbol
18 iyul, 10:51
«Bunyodkor»ni tark etgan O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.
«Traktor» Odil Hamrobekov transferini e'lon qildi
Photo: gettyimages

O'zbekiston milliy jamoasi va «Bunyodkor» klubi futbolchisi Odil Hamrobekov faoliyatini legioner sifatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Eronning «Traktor» klubi namanganlik 29 yoshli yarimhimoyachini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Hamrobekov faoliyatini davom ettiradigan «traktorsozlar» jamoasi Eronning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Futbolchi legionerga aylanishidan avval «Nasaf», «Paxtakor», «Navbahor» va «Bunyodkor» jamolarida to'p surgan. Futbolchi mavsumning birinchi qismini «qaldirg'ochlar» bilan o'tkazdi va 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bugungi yangiliklar