Londonning «Tottenhem» klubi qishki transferlar vaqtida yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, «taqachilar» allaqachon potensial nomzodlarni izlash ishlarini boshlab yuborgan. Agar munosib darvozabon topilsa, bitim yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda «Tottenhem»ning asosiy darvozaboni Gilyermo Vikario hisoblanadi. U barcha musobaqalarda jami 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol oʻtkazib yuborgan.