Live
2
O'zbek

«Tottenhem» Igor Tudorni iste’foga chiqardi

Futbol
29 mart, 10:38
Mutaxassis jamoani atigi olti hafta boshqarganidan so‘ng lavozimini tark etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Tottenhem» Igor Tudorni iste’foga chiqardi
Foto: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiy Igor Tudor bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi.

«Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida bosh murabbiy Igor Tudor klubni tark etganini tasdiqlaymiz. Shuningdek, darvozabonlar murabbiyi Tomislav Rogich va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Rikkardo Ragnachchi ham jamoani tark etdi.

So‘nggi olti hafta davomida tinimsiz mehnat qilganlari uchun barchasiga minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, Igorning yaqin insonini yo‘qotgani munosabati bilan unga va oilasiga hamdardlik bildiramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Yangi bosh murabbiy bo‘yicha ma’lumot tez orada e’lon qilinadi», — deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, Tudor «Tottenhem»ni 14-fevraldan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta bahsda 5 bor mag‘lubiyatga uchradi.

Bugungi yangiliklar