The Score tahlilchilari Lebron Jeymsni yoshi va 4 million dollarlik kamtarona maoshiga qaramay, NBAdagi eng foydali shartnomalar ro‘yxatiga kiritdi.
Liganing eng foydali shartnomalari reytingida 41 yoshli Lebron birinchi o‘rinni egalladi. Uning «Filadelfiya Sikserz» bilan imzolangan 7,9 million dollarlik ikki yillik shartnomasi maoshlar chegarasining atigi 2,4 foizini tashkil etadi.
Taqqoslash uchun: o‘tgan mavsumda Lebron har bir o‘yinda o‘rtacha kamida 20 ochko, 7 ta assist va 6 ribaund to‘plagan NBAning 4 nafar o‘yinchisidan biri edi. Qolgan uch nafari (Luka Donchich, Nikola Yokich, Jeylen Jonson) 2026/2027-yilgi mavsumda 30 milliondan 59 million dollargacha daromad qiladi.
Kuchli o‘nlikka shuningdek quyidagi sportchilar kirdi: Peyton Pritchard («Boston Seltiks», yiliga 8 mln dollar), Nikil Aleksandr-Uoker («Atlanta Houks», 15,2 mln dollar), Jeyden Makdeniels («Minnesota Timbervulvz», 28 mln dollar), Ajay Mitchell («Oklahoma-Siti Tander», 2,9 mln dollar), Derrik Uayt («Boston», 32,6 mln dollar), Kollin Gillespi («Finiks Sanz», 12 mln dollar), Din Ueyd («Filadelfiya», 9,7 mln dollar), Kem Spenser («Memfis Grizzliz», 2,6 mln dollar) va Landri Shamet («Nyu-York Niks», 6 mln dollar).