Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Kobbi Maynu JCH-2026da maydonga tushmayotganini og‘ir qabul qilgan. O‘yinlardan keyin u ko‘pincha «uch sherlar»ning avtobusga birinchi bo‘lib qaytgan futbolchilaridan bo‘ldi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, milliy jamoa ustozi Tomas Tuxel 21 yoshli futbolchi uchun jahon chempionatida tarkibda bo‘lishning o‘zi katta baxt. Boshqa manbalarning ta’kidlashicha, Maynu murabbiy unga e’tibor qaratishi uchun yetarli ish qilmagan. Germaniyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»da yaxshi mavsum o‘tkazgan va yaxshi sport formasida bo‘lgan Maynudan ko‘ra, optimal jismoniy holatda bo‘lmagan Deklan Raysni maydonga tushirishni ma’qul topgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi