Bugun
18
O'zbek

Tailandda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

Boshqa sportlar
17 iyul, 11:25
Shu kunlarda Tailandda yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionati doirasidagi suvga sakrash bahslari bo‘lib o‘ymoqda.
Tailandda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda
Foto: aquatics.uz

Shu kunlarda Tailandda o‘tayotgan Suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionati doirasidagi suvga sakrash bahslarining ilk kunida O‘zbekiston milliy jamoasi sportchilari Mavlyanov Amal va Boychabayev Timur A/B yosh toifasida platformadan sinxron sakrash dasturida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa dasturi yakunlariga ko‘ra, sportchilarimiz 211,41 ball to‘plab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

E'tiborlisi, Mavlyanov Amal va Boychabayev Timur qo‘lga kiritgan bronza medali O‘zbekiston terma jamoasining Suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionatidagi ilk medali bo‘ldi.

Shuningdek, bugun chempionat davomida yana bir quvonchli natija qayd etildi. Amal Mavlyanov va Abdulboriy Ibragimov A/B yosh toifasida 3 metrlik tramplindan sinxron sakrash dasturida 210,78 ball jamg‘arib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar