Moskvadagi SSKA klubi bosh murabbiy Fabio Chelestiniyni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, shveysariyalik mutaxassis o'zaro kelishuv asosida jamoadagi vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, Fabio bilan birga uning yordamchilari Manel Esposito, Xose Blesa, Xavyer Noya, Gabriele Bagattini va Paolo Favaretto ham bo'shatilgan.
Eslatib o'tamiz, SSKA hozirda Rossiya Premer-ligasida 45 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Chempionatning so'nggi 5 ta o'yinida g'alaba qozona olmadi.