Bugun
27
O'zbek

Soch oldirish va telefondan foydalanishga taqiq — Klopp Germaniya milliy jamoasida bir qancha qoidalarni joriy qildi

Futbol
23 sentabr, 14:35
    3
Nemislarning yangi ustozi jamoani jipslashtirish uchun Nagelsmann davridagi bir qator erkinliklarga chek qo‘ydi.
Soch oldirish va telefondan foydalanishga taqiq — Klopp Germaniya milliy jamoasida bir qancha qoidalarni joriy qildi
Foto: Getty Images

Yozda Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Yurgen Klopp futbolchilar uchun yangi tartib-qoidalarni joriy qildi, deb xabar bermoqda Sport Bild.

Jumladan, avvalgi murabbiy Yulian Nagelsmann davrida futbolchilar jamoa mehmonxonasidagi kechki ovqatga 19:00 yoki 20:00 dan boshlab o‘zlariga qulay vaqtda kelishlari mumkin edi. Klopp esa bu tartibni o‘zgartirdi: endi futbolchilar kechki ovqatga belgilangan aniq vaqtda — 19:00 yoki 20:00 da kelishlari shart. Bundan maqsad — barcha futbolchilarni bir dasturxon atrofida jamlab, birgalikda ovqatlanish orqali jamoaviy ruhni mustahkamlash.

Yana bir qoida: o‘yin oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik mashg‘ulotlari vaqtida telefonlardan foydalanish taqiqlandi. Masalan, futbolchilar trenajyor zalida shug‘ullanayotganida yoki massaj olayotganida telefonlardan foydalanishi qat’iyan man etiladi. Biroq bu paytda yonma-yon turgan massaj stollaridagi jamoadoshlar bilan muloqot qilishga nafaqat ruxsat berilgan, balki bu jihat rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari, Klopp mehmonxona yoki jamoa bazasida soch oldirishni ham taqiqladi. Murabbiyning fikricha, futbolchilar milliy jamoa yig‘iniga allaqachon soch oldirgan holda kelishlari kerak.

Nihoyat, Nagelsmann davrida futbolchilarning oila a’zolari imkoniyat bo‘lgan har qanday paytda jamoa bazasiga kelishiga ruxsat berilgan bo‘lsa, Klopp davrida yaqinlarning tashrifiga faqat istisno holatlarda ruxsat beriladi. Bundan maqsad — jamoa bazasi hududida bo‘lgan vaqtda umumiy maqsadga e’tibor qaratishi va yagona jamoa sifatida yanada jipslashishini ta’minlash.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar