Bugun
11
O'zbek

Slot «Al Ahli» taklifini rad etdi

Futbol
30 iyul, 22:34
Murabbiy faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida.
Slot «Al Ahli» taklifini rad etdi
Foto: Gettyimages

Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

«Liverpul» klubi sobiq bosh murabbiyi Arne Slot, «Al Ahli» tomonidan bo‘lgan qiziqishga qaramay, faoliyatini Yevropaning yetakchi chempionatlaridan birida davom ettirmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, 47 yoshli mutaxassis Jidda shahri jamoasida Mattias Yaysslening o‘rnini egallashi kutilgandi, ammo Slotning o‘zi Yevropa futboliga qaytishni maqsad qilgan. «Liverpul»dan ketgach, murabbiy xizmatlariga Angliya, Germaniya va Italiya klublari qiziqish bildirgan. Shuningdek uni Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri sifatida qarashgan.

Ma’lumot uchun, Slot ikki mavsumdan keyin may oyida «Liverpul»ni tark etdi. Klubdagi birinchi mavsumida u, Yurgen Klopp ketgach, jamoani APL chempionligiga olib bordi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar