Bugun
21
O'zbek

Shomurodov: «O‘yinni yaxshi boshladik deb ayta olmayman. Omadimiz ham keldi. Muhimi, g‘alaba qozondik»

Futbol
27 mart, 13:38
Eldor o‘yinda dastlabki golni urdi.
Shomurodov: «O‘yinni yaxshi boshladik deb ayta olmayman. Omadimiz ham keldi. Muhimi, g‘alaba qozondik»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA Series turniri 1-turida Gabonni (3:1) mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng Tribuna.uz muxbiri milliy jamoa sardori Eldor Shomurodov bilan suhbatlashdi.

«O‘yinni yaxshi boshladik, deya olmaymiz. Bilmadim nima sabab, birinchi bo‘limda raqiblar ko‘proq vaziyat yaratdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinda ancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Bugun omadimiz keldi. Chunki raqiblar ham yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Muhimi, g‘alaba qozondik.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qanchalik o‘zgartira olishdi?

- Endi bu savolni murabbiyga berish kerak deb o‘ylayman.

- Ikki bo‘limda ikki xil futbol guvohi bo‘ldik. Dastlab raqib yaxshi o‘ynadi. Tanaffusdan so‘ng ustunlik biz tomonga o‘tdi. Fabio Kannavaro kiyim almashtirish xonasida nimalar dedi?

- Shuni aytish kerakki, futbolchilar ancha vaqtdan beri birga o‘ynashmagan edi. Murabbiy bir qancha takliflar kiritdi. Qaerdadir qattiq gapirdi. Shu sababli o‘yinimizda o‘zgarishlar bo‘ldi.

- Jamoada individual harakatlar ko‘payib ketmadimi? Chunki Oston O‘runovdan bir necha marta norozilik bildirdingiz.

- Norozilik bildirganim yo‘q. Ostonning kuchli tomoni — individual harakatlari. U buni ko‘rsatishga harakat qilyapti. Menimcha bu normal holat», — dedi Shomurodov.

Bugungi yangiliklar