Live
3
O'zbek

Shomurodov — JCH oldidan so‘nggi yig‘in, Fayzullayevning yo‘qligi, klubda gol ura olmayotgani va Gabon hamda Venesuelaga qarshi o‘yinlar haqida

Futbol
24 mart, 07:46
Hujumchi O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga qo‘shildi.
Shomurodov — JCH oldidan so‘nggi yig‘in, Fayzullayevning yo‘qligi, klubda gol ura olmayotgani va  Gabon hamda Venesuelaga qarshi o‘yinlar haqida
Foto: UFA

«Istanbul Bashakshehir» forvardi yurtimizga yetib keldi va O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga qo‘shildi.

Tribuna.uz muxbiri milliy jamoamiz sardorining yig‘in ahamiyati, bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvlari va FIFA Series xalqaro musobaqasi borasidagi fikrlarini keltirdi.

«Kuni kecha milliy jamoa tarkibiga kelib qo‘shildik. Bugun qolganlar ham kelib, tarkib to‘liq jamlandi. Oldinda ikkita muhim o‘rtoqlik o‘yinlari kutib turibdi. Hamma tayyor».

Abbosbek Fayzullayevning yig‘inga jalb etilmagani haqida Albatta, Fayzullayevning yo‘qligi katta yo‘qotish. Unda kichik jarohat bor. Tez orada tuzalib, safga qaytadi deb o‘ylayman.

Klub safida oxirgi bahslarda gol ura olmayotgani haqida Hamma futbolchida bu kabi holatlar bo‘lib turadi deb o‘ylayman. Har doim ham biz istagandek bo‘lavermaydi. Asosiysi jamoaviy natija.

Gabon va Venesuelaga qarshi o‘yinlar naqadar muhim? Bu bo‘lajak JCH oldidan so‘nggi yig‘in — u juda muhim. O‘z kuchimiz, imkoniyatlarimizni sinab olishimiz mumkin. Bir qancha futbolchilar jarohat olgan va hozir tarkibda yangi nomlar bor, bu ularga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat.

O‘zbekiston FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turniri JCHga yo‘lida qanchalik foydali? Har doim ham oddiy o‘rtoqlik o‘yinlariga qaraganda kichik bo‘lsa ham musobaqa bo‘lsa, qiziqarliroq bo‘ladi. Bunda muxlislar ham yutadi deb o‘ylayman», - dedi Eldor Shomurodov.

Bugungi yangiliklar