Gulruxbegim Tohirjonova «Granada Chess Open 2026» turnirida ayollar oʻrtasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Shu yilning, 28-iyul–2-avgust kunlari Ispaniyaning Granada shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli «Granada Chess Open 2026» xalqaro turnirida dunyoning 48 ta davlatidan 353 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro sport ustasi Gulruxbegim Tohirjonova 9 tur yakunlariga koʻra 6 ochko jamgʻarib, ayollar oʻrtasida eng yaxshi natijani qayd etdi va 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, musobaqa davomida xalqaro reytingini 9,1 punktga oshirishga muvaffaq boʻldi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Sindarov va Gukesh oʻrtasida jahon toji uchun kechadigan chempionlik bahsiga Jeneva mezbonlik qilishi haqida xabar berilgandi.