Bugun
18
O'zbek

Saloḥ "Beshiktosh" bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
17 iyul, 13:49
Muḥammad ushbu klubda yiliga 10 million yevro maosh oladi.
Saloḥ "Beshiktosh" bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Muḥammad Saloḥ faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishga yaqin.

Jurnalist Santi Aunaning xabar berishicha, misrlik 34 yoshli futbolchi "Beshiktosh" klubi bilan hamkorlik shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.

Manbaga ko‘ra, Saloḥ ushbu klubda yiliga 10 million yevro maosh oladi. Shuningdek, shartnomada yana 2 million yevrogacha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Xabar qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Saloḥ o‘tgan mavsum yakunida "Liverpul"ni tark etdi. Mersisaydlilar libosida o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar