Bugun
20
O'zbek

«Rostov» iyun oyidan beri futbolchilarga maosh to‘lamayapti, klubga transfer taqiqi joriy etildi — manba

Futbol
26 avgust, 05:31
RFI jamoaga taqiq joriy qildi.
«Rostov» iyun oyidan beri futbolchilarga maosh to‘lamayapti, klubga transfer taqiqi joriy etildi — manba
Foto: Gettyimages

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) «Rostov» jamoasiga taqiq joriy qildi — endilikda klub maosh borasidagi qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, deb xabar berdi jurnalist Ivan Karpov o‘zining telegram-kanalida.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Rostov» 2026 yilning iyun oyidan buyon futbolchilarga maosh to‘lamayapti. Shuningdek, klubning soliq idorasidan qarzi 127 mln rublgacha yetdi. Shu tufayli «Rostov»ning hisob raqamlari bloklab qo‘yildi va yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, «Rostov» yangi mavsumning 5 o‘yinida 5 ochko jamg‘arib, 11-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Rostov FC Rostov
Bugungi yangiliklar