Bugun
23
O'zbek

Reshak: «Barselona» bilan faqat bitta klub bahslasha oladi, qolganlarda umuman imkoniyati yo‘q»

Futbol
22 sentabr, 13:13
Kataloniyaliklar sobiq futbolchisi «ko‘k-anorranglilar»ning yangi mavsum startidagi o‘yiniga baho berdi.
Reshak: «Barselona» bilan faqat bitta klub bahslasha oladi, qolganlarda umuman imkoniyati yo‘q»
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Karles Reshak «ko‘k-anorranglilar»ning yangi mavsumdagi o‘yiniga izoh berdi.

Ma’lumot uchun, Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa qatorasiga sakkizta g‘alaba qozondi va 36-8 to‘plar farqini qayd etdi.

«Hozircha hammasi juda yaxshi ketmoqda, ammo obyektiv jihatdan «Barselona» ayni damda La Liganing boshqa jamoalariga nisbatan butkul boshqa darajada. Ayni paytda kataloniyaliklar bilan raqobatlasha oladigan yagona klub — «PSJ» hisoblanadi. Boshqalarda umuman imkoniyat yo‘q», - deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining yetti turidan so‘ng, «Barselona» ikkinchi o‘rinda borayotgan «Atletiko»ni besh ochkoga ortda qoldirib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Bugungi yangiliklar