Bugun
15
O'zbek

«Red Bull» Klopp bilan xayrlashishi mumkin

Futbol
3 mart, 08:35
Fransuz matbuoti kompaniya tizimida nemis mutaxassis ishidan norozilik borligini yozmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Red Bull» Klopp bilan xayrlashishi mumkin
Foto: Getty Images

«Liverpul» sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Red Bull» futbol yo‘nalishi rahbari lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning L’Équipe gazetasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kompaniya tizimida nemis mutaxassisning faoliyatidan to‘liq qoniqish yo‘q. Ayrim qabul qilingan qarorlar tanqid ostida qolayotgani aytilmoqda. Xabarlarda ta’kidlanishicha, mavsum yakunlangach, Klopp o‘rnini hozirda «Kristal Pelas»ni boshqarayotgan Oliver Glasner egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Klopp 2024-yil yozida «Liverpul» bosh murabbiyligidan ketgan edi. 2025-yil yanvaridan boshlab esa «Red Bull» tizimida ish boshlagan.

Avvalroq 58 yoshli mutaxassisga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Bugungi yangiliklar