Live
1
O'zbek

«Real» yozgi transfer rejalarini belgilab oldi

Futbol
1 fevral, 09:16
Madrid klubi yozda himoya va yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» yozgi transfer rejalarini belgilab oldi
Foto: Getty Images

«Real Madrid» yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchini tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Diario AS nashrining xabar berishicha, madridliklar, avvalo, himoya chizig‘ini mustahkamlash niyatida.

«Qaymoqranglilar» yozda bir yoki ikki nafar markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, klub markaziy yarimhimoyachi transferini ham amalga oshirmoqchi.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 21-turdan so‘ng 51 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid klubi peshqadam «Barselona»dan 4 ochko ortda bormoqda, biroq bitta o‘yini zaxirada mavjud.

Bugun, 1 fevral kuni «Real» o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni qabul qiladi.

Bugungi yangiliklar