Bugun
215
O'zbek

«Real» «Chelsi» va «Arsenal»ga Endrik bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Futbol
3 may, 07:20
Braziliyalik hujumchi qishdan beri «Lyon»da ijarada o‘ynamoqda.
«Real» «Chelsi» va «Arsenal»ga Endrik bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Endrikka «Chelsi» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Braziliyalik hujumchi qishdan beri «Lion»da ijarada o‘ynamoqda. Biroq «qaymoqranglilar» londonliklarga 19 yoshli futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayotganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, «Real» kelasi mavsum uchun rejalarida Endrikka tayanadi va uning qaytishini kutmoqda. Shuningdek, hujumchi o‘zi ham Madridda qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qat'iy qaror qilgan.

«Lion» safida Endrik barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq Endrik «Lion»dagi jamoa­do­shlariga Play Station 5 sovg‘a qilgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Lyon Lyon
  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar