Endrik "Lion"ning barcha futbolchilariga sovg'alar ulashdi.
Fransuz klubida yanvar oyidan beri ijara asosida to'p tepayotgan braziliyalik 19 yoshli futbolchi jamoadoshlariga POGA Play Station 5 taqdim qildi.
Endrik o'zining Instagram sahifasida jamoa kiyinish xonasidan surat joyladi. Suratda yo'lda ham o'ynash imkonini beradigan, o'rnatilgan displeyli PlayStation 5 uchun maxsus keyslar bor edi. Ularda "Lion"ning har bir o'yinchisining ismi, raqami va mamlakatining bayrog'i ko'rsatilgan.

ESPN Brasil ma'lumotiga ko'ra, bir dona PS5'ning (individual bezak va yozuvlarsiz) narxi taxminan 1900 yevroni tashkil etadi.
"Real"ga tegishli forvard "Lion" safida 6 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, Endrik 2 bor sariq va 1 marta qizil kartochka oldi.