Meksika milliy jamoasi hujumchisi Raul Ximenes faoliyatini yana «Vulverhempton» safida davom ettiradi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan. Bitimda yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Ximenes avval ham 2018–2023 yillar oralig‘ida «bo‘rilar» sharafini himoya qilgan.
U ushbu davr mobaynida jamoa safida 166 ta bahsda maydonga tushib, 57 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, tajribali hujumchi klubning yangi mavsum oldidan amalga oshirgan muhim transferlaridan biri bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «Vulverhempton» o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 20 ochko jamg‘arib, musobaqani oxirgi o‘rinda yakunladi va keyingi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadi.