Live
8
O'zbek

Rasman: Stefano Pioli - «Fiorentina» bosh murabbiyi

Futbol
12 iyul, 06:34
Italiyalik mutaxassis faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
Rasman: Stefano Pioli - «Fiorentina» bosh murabbiyi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Stefano Pioli rasman «Fiorentina» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.

Pioli avval futbolchi sifatida 1989-1995 yillarda «Fiorentina»da o'ynagan va 2017-2019 yillarda jamoani boshqargandi.

«Men juda xursandman, endi Stefano Pioli «Fiorentina»ning yangi murabbiyi. U bilan ilk daqiqalardanoq tushundimki, u insoniy qadriyatlari yuqori bo'lgan va bu jamoa uchun bor kuchini berishga tayyor murabbiy. Oila a'zolarim va butun «Fiorentina» bilan birga Stefanoni qutlab, unga klubimizda omad tilayman», - dedi klub prezidenti.

Qayd etilishicha, Pioli 14 iyul kuni muxlislar va asosiy jamoa bilan uchrashadi, 16 iyul kuni esa matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Bugungi yangiliklar