Live
5
O'zbek

Rasman: «Navbahor» Sergey Lushan bilan xayrlashdi

Futbol
25 sentabr, 07:21
52 yoshli mutaxassis oʻtgan mavsumning ikkinchi yarmida «lochinlar» boshqaruviga kelgandi.
Rasman: «Navbahor» Sergey Lushan bilan xayrlashdi
FOTO: UZPFL

Namanganning «Navbahor» klubi jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

«Biz Sergey Ivanovichga «Navbahor»dagi faoliyati uchun o'z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, keyingi faoliyatida omad yor boʻlishini tilaymiz», — deyiladi klub bayonotida.

Lushan oʻtgan mavsumning ikkinchi yarmida «lochinlar» boshqaruviga kelgandi. Uning qoʻl ostida klub Oʻzbekiston Superligasida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gʻalaba, 9 ta durang va 10 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Oʻzbekiston Kubogi doirasida esa 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 marta gʻalaba qozondi, 1 ta durang o'ynadi va 2 bor magʻlubiyatga uchradi.

Bugungi yangiliklar