Bugun
20
O'zbek

Qosimjonov va Tohirjonova FIDE'da muhim lavozimlarga saylandi

Boshqalar
30 sentabr, 14:44
O‘zbekiston shaxmat jamoasi ustozi nufuzli tashkilotning faxriy prezidenti bo‘ldi.
Qosimjonov va Tohirjonova FIDE'da muhim lavozimlarga saylandi
Foto: UzChess Federation

2004-yilgi FIDE jahon chempioni, grossmeyster va taniqli murabbiy Rustam Qosimjonov tashkilotning faxriy vitse-prezidenti bo‘ldi, deb xabar beradi UzChess.

Faxriy vitse-prezident lavozimi FIDE tizimiga yangi kiritilgan bo‘lib, Qosimjonov ushbu maqomga ega bo‘lgan to‘rt mutaxassis qatoridan joy oldi.

Hulkar Tohirjonova esa FIDE'ning Markaziy Osiyoni qamrab oluvchi 3.4-zonasi prezidenti etib saylandi. Ushbu zonaga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston kiradi. Tohirjonova, shuningdek, FIDE arbitri va WFM unvoniga ega.

Bugungi yangiliklar