«PSJ» jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi.
Shuningdek, Lukas Beraldo, Senni Mayyulu, Joau Nevesh va Vilyan Pacho bilan shartnomalar 2031 yilgacha uzaytirildi. Fabian Ruis esa klub bilan 2028 yilgacha yangi bitim imzoladi.
Qayd etish lozim, Enrike boshchiligida parijliklar Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki marta g‘olib chiqdi. Bungacha klub ushbu turnirda hech qachon chempion bo‘lmagandi.
Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik mutaxassis jamoani 2023 yil 5 iyuldan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub Fransiya chempionatida ketma-ket uch marta g‘olib bo‘ldi.
Avvalroq «PSJ» 2007 yilda qayd etgan eng yomon startini takrorlagani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi