Parijdagi "Shatle" teatrida "Oltin to'p-2025" marosimi bo'lib o'tmoqda.
Bosh sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda.
Yilning eng yaxshi klubi sifatida kutilganidek "PSJ" e'tirof etildi. Fransiya jamoasi o'tgan mavsumda Chempionlar Ligasi, Liga 1, Fransiya kubogi va superkubogida g'olib bo'lgan, shuningdek, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida finalgacha yetib borgandi.
Eng yaxshi ayollar klubi sovrini esa YChL g'olibligini qo'lga kiritgan "Arsenal"ga berildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "Real"(erkaklar) va "Barselona" (ayollar) eng yaxshi klublar deb topilgan.
Oldinroq yilning eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi murabbiylari e'lon qilingandi.