Proliganing 23-turida «Metallurg» klubi mehmonda FarDU bilan bellashdi. Unda bekobodliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 14-daqiqada Navro‘zbek Iminjonov tomonidan urildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Metallurg» ochkolari sonini 47 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. FarDU 40 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
Proliga. 23-tur
FarDU – Metallurg 0:1
Gol: Navro‘zbek Iminjonov 14.
Metallurg – Komilov, Bubanya, Ochilov, Yochich, Sherzod Komilov, Abdulhayev, Shoahmedov, Normurodov, Milinkovich, Maxwell, Iminjonov.