25 sentyabr kuni Osiyo o‘yinlari doirasidagi chorakfinal bosqichida Koreya Respublikasi va Vyetnam milliy jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bahsning bosh hakami sifatida Firdavs Norsafarov faoliyat olib boradi. Unga yordamchi hakam sifatida Ruslan Serazitdinov ko‘maklashadi.
Shu tariqa O‘zbekiston futbol hakamligi vakillari Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining muhim bosqichlaridan birida o‘z faoliyatini olib boradi.