Bugun
45
O'zbek

O‘zbekiston shaxmatchilari uchta individual medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
29 sentabr, 03:40
    5
Olimpiada yakunida alohida doskalar bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan shaxmatchilar taqdirlandi.
O‘zbekiston shaxmatchilari uchta individual medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Uzbekistan Chess Federation

Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi yakunida alohida doskalar bo‘yicha eng yaxshi individual natija qayd etgan shaxmatchilar ham taqdirlandi. O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari ushbu yo‘nalishda jami uchta medalga sazovor bo‘ldi.

Birinchi doskada harakat qilgan Nodirbek Abdusattorov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Javohir Sindarov ikkinchi doskada bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboev uchinchi doskada kumush medal sohibi bo‘ldi.

Ayniqsa, Abdusattorovning natijasi yuqori bo‘ldi. Hamyurtimiz olimpiada davomida 11 partiya o‘tkazib, 8,5 ochko jamg‘ardi. Uning turnirdagi reyting ko‘rsatkichi 2869 ni tashkil etdi.

Shu tariqa, Nodirbek birinchi doskada barcha ishtirokchilar orasida eng yaxshi individual natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sindarov va Yoqubboevning natijalari bilan O‘zbekiston shaxmatchilari individual bahslardagi medallari sonini uchtaga yetkazdi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shaxmatchilarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklagani ma’lum qilingandi.

O‘zbekiston shaxmatchilari uchta individual medalni qo‘lga kiritdi
Foto: UzChess
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar