Toshkent mezbonlik qilgan FIFA Series turniri yakuniga etdi. Hal qiluvchi bahsda Oʻzbekiston milliy jamoasi Venesuelaga qarshi oʻynadi.
Asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Iskanderov, Temirov, Ashurmatov, Shukurov va Mozgovoy zarbalarda adashmadi. Abduvohid Ne'matov esa raqib safidagi Karlosning zarbasini qaytarishga muyassar boʻldi. Yakunda bu vakillarimizga turnir gʻolibligini keltirdi.
FIFA Series
Oʻzbekiston – Venesuela 0:0 (Penaltilar seriyasi 5:4)
Oʻzbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 2.Abduqodir Husonov, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov (6.Akmal Mozgovoy, 71), 10.Aziz Gʻaniyev (18.Alisher Odilov, 58), 11.Oston Oʻrunov (8.Jamshid Iskanderov, 71), 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Eldor Shomurodov (26.Sherzod Temirov, 90), 20.Behruz Karimov (3.Hojiakbar Alijonov, 71), 24.Jahongir Oʻrozov.
Venesuela: 1.Xose Kontreras, 2.Nauel Ferraresi, 3.Karlos Vivas, 4.Yon Aramburu, 5.Teo Kintero, 7.Gleker Mendoza (15.Delvin Alfonso, 90), 8.Kristian Kasseres (s), 10.Telasko Segovia, 16.Vikelman Karmona (11.Luis Gonsales, 65), 20.Devid Martinez, 21.Xesus Ramires (23.Salomon Rondon, 65)