Bugun
17
O'zbek

O‘zbekiston kubogi. «Metallurg» Maksvelning dubli evaziga «Orol»dan ustun keldi

Futbol
16 may, 11:05
O‘zbekiston kubogi A guruhi 2-turidan o‘rin olgan «Metallurg» — «Orol» uchrashuvi yakunlandi.
O‘zbekiston kubogi. «Metallurg» Maksvelning dubli evaziga «Orol»dan ustun keldi
Foto: PFL
16.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Metallurg Metallurg 2 : 1 Aral Aral

Bekobod klubi o‘z maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi dastlabki ikki golga braziliyalik hujumchi Maksvel da Silva mualliflik qildi. U 49 va 74-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

«Orol» esa faqat bahs yakunida bitta javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 90-daqiqada Mark Krasnov hisobni qisqartirdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Metallurg» ochkolari sonini 4 taga yetkazib, guruh peshqadamiga aylandi. «Orol» esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

O‘zbekiston kubogi. A guruhi, 2-tur
Metallurg – Orol 2:1
Gollar: Maksvel da Silva 49, 74 — Mark Krasnov 90.

Metallurg: Mohir Komilov, Mirziyod Mirodilov, Sherzod Komilov, Azim Ahmedov, Saidumarxon Saidnurullayev, Doniyor Narzullayev, Navro‘z Iminjonov, Doston Abdulxayev, Sardor Sadullayev, Maksvel da Silva, Asiljon Begimqulov.
Orol: Shohjahon Nasimov, Bekzod Ahmadjonov, Rasul Musayev, Yunus Ibragimov, Mirzabek Daryabayev, Ruslan Anvarov, Azizbek Bahromov, Sherzod Jalolov, Farruxbek Muxtorov, Mark Krasnov, Muhammadali Namozov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Metallurg Metallurg
  • Aral Aral
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar