Live
3
O'zbek

O‘zbekiston ayollar jamoasi Osiyo kubogini mag‘lubiyat bilan boshladi

Futbol
3 mart, 11:18
Keyingi tur o‘yini 6 mart sanasiga belgilangan.
O‘zbekiston ayollar jamoasi Osiyo kubogini mag‘lubiyat bilan boshladi
Фото: Аёллар футболи

Avstraliyada ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi 1-tur o‘yinlari davom etmoqda.

Kotrina Kulbite boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi o‘ynab, 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yindagi barcha gollar birinchi bo‘limda darvozalardan joy egalladi.

Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston B guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi uchrashuv 6 mart kuni Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi bahs esa 9 mart kuni Bangladeshga qarshi o‘tkaziladi.

Osiyo Kubogi. 1-tur
O‘zbekiston – Shimoliy Koreya 0:3

Bugungi yangiliklar