Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Xalokov va Erkinboyev yarimfinalda, Hamidova va O‘ktamova esa chorakfinalda mag‘lub bo‘ldi

Boks
27 sentabr, 05:39
    18
Boks bo‘yicha O‘zbekiston vakillari navbatdagi janglarini o‘tkazdi.
Osiyo o‘yinlari. Xalokov va Erkinboyev yarimfinalda, Hamidova va O‘ktamova esa chorakfinalda mag‘lub bo‘ldi
Foto: OlympicUz

Osiyo o'yinlarida boks bo‘yicha O‘zbekiston vakillari navbatdagi janglarini o‘tkazdi.

-60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abdumalik Xalokov chorakfinal bahsida filippinlik Junmilardo Ogayrega qarshi ringga ko‘tarildi. Raqibi imkon qadar qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi, biroq tajribali Xalokov unga imkon qoldirmadi. O‘zbekiston vakili 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘l oldi.

-65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Navbahor Hamidova esa chorakfinalda hindistonlik Parveyenga qarshi bahs olib bordi. Qizg‘in kechgan qarama-qarshilik yakunida Hamidova 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi yurishini yakunladi.

-80 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan jahon chempioni Fazliddin Erkinboyev Osiyo o‘yinlaridagi ilk jangini o‘tkazdi. U shri-lankalik Yazmin Mohammedga qarshi bahsda raqibidan ustunlik qildi. Erkinboyev jangni birinchi raunddayoq yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-54 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigina O‘ktamova chorakfinalda tailandlik Natnicha Chongprongklang bilan bahslashdi. Murosasiz kechgan jangda O‘ktamova faol harakat qildi va zarbalar soni bo‘yicha ham ustunlik qildi. Raqibidan uch raund davomida ochko ham olib tashlandi. Shunga qaramay, hakamlar 2:3 hisobini qayd etib, g‘alabani Tailand vakilasiga berdi.

Shu tariqa Xalokov va Erkinboyev yarimfinalga chiqdi, Hamidova va O‘ktamova esa musobaqadagi yurishini chorakfinal bosqichida yakunladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar