Bugun
27
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Vladimir Svechnikov o‘q otish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
24 sentabr, 03:40
    22
O‘zbekistonlik sportchi musobaqa davomida 244,3 ochko jamg‘arib, Osiyo o‘yinlarining yangi rekordini ham o‘rnatdi.
Osiyo o‘yinlari. Vladimir Svechnikov o‘q otish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining o‘q otish bahslarida tarixiy natija qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Pnevmatik to‘pponchadan 10 metr masofaga o‘q otish dasturida ishtirok etgan Vladimir Svechnikov final bahsida raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, bu O‘zbekiston uchun o‘q otish sport turlarida Osiyo o‘yinlarida 32 yillik tanaffusdan keyin qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal bo‘ldi. Shuningdek, hamyurtimiz musobaqa davomida 244,3 ochko jamg‘arib, Osiyo o‘yinlarining yangi rekordini ham o‘rnatdi.

Shu tariqa, Vladimir Svechnikov nafaqat Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi, balki o‘zining rekord natijasi bilan O‘zbekiston sport tarixidan ham joy oldi. Avvalroq Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev musobaqa chempioni bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar