Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari, ushu. Doniyor Turg‘unboyev ham bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boshqalar
23 sentabr, 12:22
O‘zbekistonlik ushuchilar turnirni 3 ta medal bilan yakunlashdi.
Osiyo o‘yinlari, ushu. Doniyor Turg‘unboyev ham bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Olympic uz

O‘zbekistonlik ushuchilar Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Sanda bo‘yicha -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Doniyor Turg‘unboyev yarim finalgacha yetib keldi. Final ostonasida esa eronlik sportchiga mag‘lub bo‘lgan Turg‘unboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq -56 kg vazn toifasida Saydullo Abdurashidov ham bronza medaliga ega chiqqandi.

Shu tariqa O‘zbekiston ushu jamoasi turnirni 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Bugungi yangiliklar