O‘zbekiston delegatsiyasi 2026 yilgi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Shohsanam Sherzodova yurtimiz sharafini himoya qildi.
O‘zbekistonlik sportchi final bahsida raqiblaridan ustun kelib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, Sherzodova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Shohsanamning ushbu muvaffaqiyati O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi ikkinchi oltin medal bo‘ldi. Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bahslarda sportchilarimizning medallar uchun kurashi davom etmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston eshkak eshuvchilari yakkalik, juftlik va W4-dasturlarida 4 ta medalni qo‘lga kiritgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi