Bugun
27
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston eshkak eshuvchilari 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
23 sentabr, 22:30
    4
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston vakillari ushbu bahslarda 3 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston eshkak eshuvchilari 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

O‘zbekiston akademik eshkak eshish bo‘yicha milliy jamoasi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida medallar jamg‘armasini 4 ta medal bilan boyitdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklar o‘rtasidagi M1x yakkalik dasturida Shahboz Xolmurzayev marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

M2x juftlik dasturida Mehroj Mamatqulov va Pavel Sorin 6:10.49 natija qayd etdi va ikkinchi o‘rinni egallab, yana bir kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Maksim Golubev va Alisher Turdiyev esa M2- juftlik dasturi finalida 6:32.34 natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi W4- dasturida Anna Aksenova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullayevadan iborat ekipaj ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal sohibi bo‘ldi.

Shu tariqa, akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston vakillari ushbu bahslarda 3 ta kumush va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qo‘lga kiritdi.

Avvalroq O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ilk bor kibersport bahslarida medal olgani ma’lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar