Bugun
23
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Pokizaxon Kamoliddinova kurash bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
28 sentabr, 02:25
    20
Hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi bellashuvda Janubiy Koreya vakiliga qarshi gilamga chiqdi.
Osiyo o‘yinlari. Pokizaxon Kamoliddinova kurash bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Pokizaxon Kamoliddinova -78 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi bellashuvda Janubiy Koreya vakili Sumin Mongga qarshi gilamga chiqdi. Kamoliddinova finalda raqibasidan ustun kelib, faxr shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Qayd etish lozim, Pokizaxon yarimfinalda yana bir O‘zbekiston vakili Shohista Nazarovani mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Nazarova esa musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Shu tariqa, Pokizaxon Kamoliddinova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar