Oʻzbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo oʻyinlarida navbatdagi medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi aʼzosi Shohista Nazarova -78 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.
Hamyurtimiz musobaqa davomida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarimfinalga qadar yetib bordi. Final yoʻllanmasi uchun kechgan bahsda Nazarova yana bir vakilamiz Pokizaxon Kamoliddinovaga qarshi gilamga chiqdi. Oʻzbekistonlik sportchilar oʻrtasidagi bellashuvda Kamoliddinova gʻalaba qozonib, oltin medal uchun kurashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, Shohista Nazarova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlarini bronza medali bilan yakunladi va Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medalni qoʻshib qoʻydi.
Endi Pokizaxon Kamoliddinova musobaqaning oltin medali uchun bahs olib boradi. Avvalroq kurash bahslarida Shohruxxon Baxtiyorov oltin medalga sazovor boʻlgani maʼlum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi